SELDO

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 6-oktabr

SELDO — do‘konlar uchun savdo va ombor tizimi: seldo.uz sayti va SELDO Android ilovasi. Bu sahifa qanday ma’lumotlarni, nima uchun saqlashimizni va kim bilan bo‘lishishimizni aytadi.

Qanday ma’lumotlarni saqlaymiz

  • Do‘kon va xodimlar hisoblari: ism, telefon raqami, login, rol. Parol faqat qaytarib bo‘lmaydigan shifrlangan (xesh) holida saqlanadi.
  • Do‘konning ish ma’lumotlari: mahsulotlar, qoldiqlar, savdolar, qaytarishlar, to‘lovlar, xarajatlar, kassa va hisobotlar.
  • Do‘kon mijozlari: ism, telefon raqami, xaridlar, qarz va keshbek. Mijoz do‘konning Telegram botiga ulansa, uning Telegram identifikatori.
  • Xodimlar davomati, do‘kon bu bo‘limni yoqsa (do‘kon ulagan yuz tanish terminalidan kelgan yozuvlar ham).
  • Texnik ma’lumotlar: IP manzil, qurilma va brauzer turi (kirish xavfsizligi va yangi qurilmadan kirilganda ogohlantirish uchun), ilovadagi xatolik hisobotlari.

Qurilmangizda nima saqlanadi

  • Kirish sessiyasi, internetsiz savdo navbati, mahsulotlar katalogi va mijozlar ro‘yxatining nusxasi: internet bo‘lmaganda ham sotish uchun. Navbatdagi savdolar internet qaytganda serverga yuboriladi.
  • Kamera faqat shtrix-kod va QR kodni o‘qish uchun ishlatiladi; kadrlar serverga yuborilmaydi. Mahsulot rasmini o‘zingiz yuklaganingizdagina rasm serverga boradi.
  • Bluetooth faqat chek printeriga ulanish uchun ishlatiladi.

Nima uchun ishlatamiz

  • Faqat xizmatni ko‘rsatish uchun: savdo, ombor, hisobotlar, xabarnomalar, xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlash.
  • Ma’lumotlarni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz, reklama yoki kuzatuv tizimlarini (tracker) ulamaymiz.

Kim bilan bo‘lishamiz

  • Telegram: do‘kon o‘z boti orqali mijozlar va xodimlarga xabar yuborganda.
  • Bulutli matn tanish xizmati (Yandex Cloud yoki Google Cloud): faqat do‘kon yetkazib beruvchining yuk xati rasmini o‘qitganda, o‘sha rasm.
  • Bulutli saqlash xizmati (Cloudflare R2): ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalari uchun.
  • Davlat organlari: faqat qonun talab qilgan hollarda.

Do‘kon mijozlari uchun

  • Mijoz ma’lumotlarini do‘kon kiritadi va ularga do‘kon egalik qiladi; SELDO ularni do‘kon nomidan saqlaydi. Ma’lumotingizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish uchun do‘konga yoki bizga murojaat qiling.
  • Do‘kon botidagi yangiliklarni bot ichidagi tugma bilan o‘chirib qo‘yish mumkin.

Saqlash muddati va o‘chirish

  • Ma’lumotlar do‘kon hisobi ishlab turganicha saqlanadi. Do‘kon egasi hisobni va uning ma’lumotlarini o‘chirishni so‘rashi mumkin; zaxira nusxalardan ular nusxalar almashganda o‘chib ketadi.

Xavfsizlik

  • Ulanish faqat HTTPS orqali. Har bir do‘konning ma’lumotlari boshqa do‘konlardan ajratilgan, xodim faqat o‘z huquqi yetgan narsani ko‘radi.

Bog‘lanish

  • Savollar va o‘chirish so‘rovlari: musobekmadrimov99@gmail.com yoki Telegram.
  • Siyosat o‘zgarsa, shu sahifa va yuqoridagi sana yangilanadi.

musobekmadrimov99@gmail.com · Telegram