SELDO
Hamkorlik dasturi

Do‘konlarni SELDO’ga olib keling — har to‘lovidan ulush oling

Siz tavsiya qilasiz, biz o‘rnatamiz, o‘rgatamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Siz olib kelgan har do‘kon to‘lagan obunaning 25% i dastlabki 12 oy davomida sizniki.

25%Har to‘lovdan ulush
12Oy davomida
0Hamkor bo‘lish narxi
Qanday ishlaydi

Uch qadam

01

Ariza qoldiring

Bir ish kuni ichida sizga shaxsiy kod, tayyor havola va daromadlaringiz ko‘rinadigan sahifa beramiz.

02

Do‘konga ulashing

Do‘kon egasi havolangiz orqali yoki ro‘yxatdan o‘tishda kodingizni yozib do‘kon ochadi. 30 kunlik sinov bepul.

03

Daromad oling

Do‘kon obunani to‘lagach ulushingiz yoziladi. Hammasi o‘z sahifangizda ko‘rinadi, yig‘ilgan pulni esa kelishilgan usulda olasiz.

Kimlar uchun

Do‘kon egalari sizga ishonsa — siz uchun

Savdo uskunasi sotuvchilari

Kassa apparati, skaner yoki printer o‘rnatyapsizmi? Unga ishlaydigan dasturni ham tavsiya qiling.

Buxgalter va maslahatchilar

Mijozingiz hisobni tartibga solsa, sizga ham oson. Har bir tavsiya — qo‘shimcha daromad.

Distribyutor va agentlar

Har kuni o‘nlab do‘konga kirasiz. Ular bilan foydali tajribangizni ulashing.

Do‘kon egalari

Har do‘konning o‘z taklif kodi bor — «Obuna» sahifasida. Ulushni obunangizdan chegirma sifatida yoki pul sifatida olishni o‘zingiz tanlaysiz.

Misol

10 ta do‘kon Standart tarifida

622 500 so‘moyiga sizga
7 470 000 so‘m12 oyda jami

Hisob: obuna narxi × 25% × do‘konlar soni. Sinov va bepul tarif davri hisoblanmaydi — faqat to‘langan oylar.

Sizga beramiz
  • Shaxsiy kod va tayyor havola
  • O‘z sahifangiz: kim keldi, qancha to‘ladi, qancha tushdi
  • Do‘konni biz sozlaymiz, ko‘chiramiz va o‘rgatamiz
  • Telegram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa
Hamkorlik dasturi

Hamkor bo‘lish uchun ariza

Formani to‘ldiring — bir ish kuni ichida bog‘lanamiz.

Hamkor bo‘lish pullikmi?

Yo‘q. Hech qanday to‘lov va majburiyat yo‘q.

Ulush qachon hisoblanadi?

Do‘kon har bir hisob-fakturani to‘laganda — dastlabki 12 ta to‘langan oy uchun. Sinov davri va bepul tarif hisoblanmaydi.

Do‘kon havolasiz ro‘yxatdan o‘tsa-chi?

Ro‘yxatdan o‘tishda «Taklif kodi» maydoniga kodingizni yozsa kifoya. Havola orqali kirsa, kod o‘zi qo‘yiladi.

Pulni qanday olaman?

Yig‘ilgan summani kelishilgan usulda — karta yoki naqd — to‘laymiz. Har bir to‘lov sahifangizda ko‘rinadi.

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.